Adabiyot

Kurs haqida

Badiiy adabiyot... Inson paydo bo‘lganidan beri u bilan yonma-yon yashab kelayotgan ajib so‘z san’ati. Adabiyot shu qadar ajoyibki, uning bag‘rida go‘zal olam yashirin. Ana shu bo‘ston aro gul ochgan nozik chechaklarning ifori inson  qalbida turli hislarning mangu yashashiga xizmat qiladi. Jadid adabiyotining ajib namoyandalari – Fitrat, Cho‘lpon ijodi sizni adabiyot olamiga chulg‘asa, Erkin Vohidov, Rauf Parfilar tomonidan yaratilgan adabiyot durdonalari sizga zavq ulashadi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti vakillarining nodir asarlari orqali Vatan madhini birgalikda kuylaysiz.
  Jahon adabiyoti ham o‘ziga xos bo‘lib, Chexov hikoyalari-yu Guntekinning “Choliqushi” romani sizga adabiyotdan to‘laqonli bahra olishingizga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rish:

Mundarija

1 bo'lim I chorak (yaqin orada)

2 bo'lim II chorak (yaqin orada)

3 bo'lim III chorak (yaqin orada)

4 bo'lim IV chorak (mavjud)

Sharhlar(0)